Mood Shop Mood Shop

Biz haqimizda

Mood Shop — Toshkentdagi kichik ayollar kiyimlari do‘koni. Biz uni har kuni kiyishga mos, chiroyli va sodda kiyimlarga bo‘lgan mehr bilan yaratmoqdamiz.

Biz Instagram’dan boshlaganmiz, endi esa sevimli kiyimlaringizni tanlash yanada qulay bo‘lishi uchun o‘z saytimiz ham bor 🤍

Saytdagi barcha suratlarni o‘zimiz olamiz

Biz yetkazib beruvchilarning suratlari yoki internetdagi rasmlardan foydalanmaymiz. Sizga aynan qanday kiyim yetib borishini oldindan ko‘rishingiz biz uchun muhim: uning haqiqiy rangi, fasoni va real hayotda qanday ko‘rinishini.

Kiyimni faqat suratga qarab tanlash qanchalik qiyinligini yaxshi bilamiz

Hatto to‘g‘ri o‘lcham ham har kimda har xil turishi mumkin, rang suratdagidan biroz farq qilishi, matoni esa ushlab ko‘rgingiz kelishi tabiiy.

Shuning uchun Toshkentda hammasini imkon qadar qulay qildik: kuryer buyurtmangizni bepul yetkazib beradi va siz kiyimlarni kiyib ko‘rguningizcha kutib turadi.

Biz doim aloqadamiz 💌

Agar savollaringiz bo‘lsa, bizga Telegram yoki Instagram orqali yozing. Odatda bir soat ichida javob beramiz.

Nima izlayotganingizni uzoq tushuntirish shart emas. Yoqtirgan kiyimingizning skrinshotini yuborib, shunchaki «Shuni xohlayman» deb yozishingiz mumkin — qolganini biz tushuntirib, yordam beramiz :)

Mood Shop — xotirjam tanlang, mazza qilib kiyib ko‘ring va faqat ko‘nglingizga yoqqanini oling 🤍